Ko`rish a`zosida nuqsoni bor foydalanuvchlar uchun maxsus versiya

Йил дастури

Тақвим

Yanvar 2019
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
    Fev »
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  

Nurdinjon Ismoilov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” unvoni bilan taqdirlandi

Prezidentning 2019-yil 19-yanvardagi farmoni bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni berildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.

60 yoshni qarshi olgan N.Ismoilovning davlat organlaridagi ko‘p yillik samarali faoliyati, mamlakatda qonun ijodkorligi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, davlat va jamiyat rivojiga oid qonun loyihalarini ishlab chiqish, parlament nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish, aholi bilan bevosita muloqot asosida joylardagi haqiqiy ahvolini chuqur o‘rganish, xalq manfaatlari va farovonligini ta’minlash, keng ko‘lamli islohotlar ijrosini ro‘yobga chiqarish borasidagi xizmatlari munosib baholandi.


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan