Ko`rish a`zosida nuqsoni bor foydalanuvchlar uchun maxsus versiya

Йил дастури

Тақвим

Yanvar 2019
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
    Fev »
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  

O‘zbekistonda probatsiya xizmati ish boshladi

— Probatsiya xizmati — sud hukmi yoki ajrimi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan shaxslar tomonidan jazo ijro etilishini ta’minlaydi. Ya’ni, axloq tuzatish, majburiy jamoat ishlari, ozodlikni cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish jazolari tayinlangan va shartli hukm qilingan shaxslar tomonidan ularning bajarilishini nazorat qiladi.

Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga yetmaganlarning xulq-atvori ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshiradi.

Eng muhimi, mazkur shaxslarning ijtimoiy moslashuviga, o‘qish va ishga joylashishiga hamda ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatilishiga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, nazoratdagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Xizmatimiz barcha huquq-tartibot idoralari kabi jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan omil va shart-sharoitlarni o‘rgangan holda ularni bartaraf etish bo‘yicha ish olib boradi. Huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga nisbatan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Shartli hukm qilingan va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan ta’sirchan nazorat amalga oshiriladi. Nazorat ostidagilarning qayta jinoyat sodir etish xavfi ham aniqlanadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Ularning shaxsi ijtimoiy-psixologik portretini tuzgan holda o‘rganiladi.

Probatsiya shaxsiy tarkibi shaharlarda 100, tumanlarda 75 nafar mahkum hisobidan kelib chiqib taqsimlanadi. Bu nazoratdagi shaxslar bilan ko‘proq muloqot qilish, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etishda qo‘l keladi. Ushbu jarayonda hududiy profilaktika inspektori, mahalla faollari, xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlarining joylardagi vakillari bilan manzilli ish olib boriladi.

Xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, probatsiya bo‘linmalarida shartnoma asosida psixologlar faoliyat olib boradi. Buning uchun alohida xizmat xonalari va treninglar o‘tkazish zallari tashkil etiladi. Ular nazoratdagi har bir shaxs bilan suhbat o‘tkazib boradi. Mutaxassis-psixologlar faoliyati davomida va suhbat o‘tkazish chog‘ida nazorat ostidagi shaxslarga psixologik yordam ko‘rsatadi. Ularning ruhiy holati, hayotiy muammolarini aniqlaydi.

Probatsiya bo‘linmalari fuqarolar to‘siqsiz kiradigan zamonaviy binolarga joylashtiriladi. Probatsiya xizmatining har bir xodimi sinov muddati berilgan fuqarolarga o‘z vaqtida sifatli yordam ko‘rsatadi. Ularning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Mehnatiga yarasha haq olishni, huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlaydi.


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan